حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، أَخْبَرَنَا زِيَادٌ الأَعْلَمُ، عَنِ الْحَسَنِ، أَنَّ أَبَا بَكْرَةَ، جَاءَ وَرَسُولُ اللَّهِ رَاكِعٌ فَرَكَعَ دُونَ الصَّفِّ ثُمَّ مَشَى إِلَى الصَّفِّ فَلَمَّا قَضَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم صَلاَتَهُ قَالَ " أَيُّكُمُ الَّذِي رَكَعَ دُونَ الصَّفِّ ثُمَّ مَشَى إِلَى الصَّفِّ " . فَقَالَ أَبُو بَكْرَةَ أَنَا . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " زَادَكَ اللَّهُ حِرْصًا وَلاَ تَعُدْ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ زِيَادٌ الأَعْلَمُ زِيَادُ بْنُ فُلاَنِ بْنِ قُرَّةَ وَهُوَ ابْنُ خَالَةِ يُونُسَ بْنِ عُبَيْدِ اللَّهِ .
Hasan (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abu Bakra (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺ rukuʼda boʻlganlarida kelib, safga yetmasdan rukuʼ qildi, soʻng safga (yurib) yetib bordi. Nabiy ﷺ namozlarini tugatganlarida: «Sizlardan qaysingiz safga yetmasdan rukuʼ qilib, soʻng safga yurib keldi?» dedilar. Abu Bakra: «Men», dedi. Shunda Nabiy ﷺ: «Alloh seni harakatchanligingni yanada ziyoda qilsin, lekin boshqa bunday qilma», dedilar. Abu Dovud aytdi: Ziyod al-Aʼlam — bu Ziyod ibn Fulon ibn Qurra boʻlib, u Yunus ibn Ubaydullohning xolasining oʻgʻlidir.