حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا كَانَ أَحَدُكُمْ يُصَلِّي فَلاَ يَدَعْ أَحَدًا يَمُرُّ بَيْنَ يَدَيْهِ وَلْيَدْرَأْهُ مَا اسْتَطَاعَ فَإِنْ أَبَى فَلْيُقَاتِلْهُ فَإِنَّمَا هُوَ شَيْطَانٌ " .
Qaʼnabiy bizga Molikdan, u Zayd ibn Aslamdan, u Abdurahmon ibn Abu Saʼid al-Xudriydan, u Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qildi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Biringiz namoz oʻqiyotgan boʻlsa, hech kimni oldidan oʻtkazmasin va imkoni boricha uni qaytarsin. Agar u koʻnmasa, u bilan urushsin, chunki u shaytondan boshqa narsa emas».