حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يُصَلِّي صَلاَتَهُ مِنَ اللَّيْلِ وَهِيَ مُعْتَرِضَةٌ بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْقِبْلَةِ رَاقِدَةً عَلَى الْفِرَاشِ الَّذِي يَرْقُدُ عَلَيْهِ حَتَّى إِذَا أَرَادَ أَنْ يُوتِرَ أَيْقَظَهَا فَأَوْتَرَتْ .
Urva (rahimahulloh) Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ kechasi namozlarini oʻqir edilar, u (Oisha) esa u zot bilan qibla orasida, u zot yotadigan toʻshakda yotgan holda koʻndalang boʻlib turardi. U zot vitr (namozi)ni oʻqimoqchi boʻlganlarida, uni uygʻotardilar, u esa vitr oʻqirdi.