حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُصَفَّى الْحِمْصِيُّ، حَدَّثَنَا بَقِيَّةُ، حَدَّثَنَا الزُّبَيْدِيُّ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا قَامَ إِلَى الصَّلاَةِ رَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى تَكُونَا حَذْوَ مَنْكِبَيْهِ ثُمَّ كَبَّرَ وَهُمَا كَذَلِكَ فَيَرْكَعُ ثُمَّ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَرْفَعَ صُلْبَهُ رَفَعَهُمَا حَتَّى تَكُونَا حَذْوَ مَنْكِبَيْهِ ثُمَّ قَالَ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ وَلاَ يَرْفَعُ يَدَيْهِ فِي السُّجُودِ وَيَرْفَعُهُمَا فِي كُلِّ تَكْبِيرَةٍ يُكَبِّرُهَا قَبْلَ الرُّكُوعِ حَتَّى تَنْقَضِيَ صَلاَتُهُ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ namozga turganlarida qoʻllarini yelkalari barobarida boʻlguncha koʻtarardilar, soʻng qoʻllari shu holatda turgan paytida takbir aytar, keyin ruku qilardilar. Soʻng belini koʻtarmoqchi boʻlganlarida, qoʻllarini yelkalari barobarida boʻlguncha koʻtarib: ‹Samiʼallohu liman hamidah› derdilar. Sajdada esa qoʻllarini koʻtarmasdilar, balki rukudan oldin aytadigan har bir takbirda namozlari tugaguncha ularni koʻtarardilar.»