حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ لَهِيعَةَ، عَنْ أَبِي هُبَيْرَةَ، عَنْ مَيْمُونٍ الْمَكِّيِّ، أَنَّهُ رَأَى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ الزُّبَيْرِ وَصَلَّى بِهِمْ يُشِيرُ بِكَفَّيْهِ حِينَ يَقُومُ وَحِينَ يَرْكَعُ وَحِينَ يَسْجُدُ وَحِينَ يَنْهَضُ لِلْقِيَامِ فَيَقُومُ فَيُشِيرُ بِيَدَيْهِ فَانْطَلَقْتُ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ فَقُلْتُ إِنِّي رَأَيْتُ ابْنَ الزُّبَيْرِ صَلَّى صَلاَةً لَمْ أَرَ أَحَدًا يُصَلِّيهَا فَوَصَفْتُ لَهُ هَذِهِ الإِشَارَةَ فَقَالَ إِنْ أَحْبَبْتَ أَنْ تَنْظُرَ إِلَى صَلاَةِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَاقْتَدِ بِصَلاَةِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الزُّبَيْرِ .
Maymun al-Makkiydan (rahimahulloh) rivoyat qilinadiki, u Abdulloh ibn Zubayrning odamlarga imom boʻlib namoz oʻqiganini koʻrgan ekan. U (Ibn Zubayr) turganida, rukuʼ qilganida, sajda qilganida va sajdadan qiyomga turganida kaftlari bilan ishora qilar, soʻng turib qoʻllari bilan ishora qilar ekan. (Maymun dedi:) Shunda men Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) oldiga borib: «Men Ibn Zubayrning hech kim oʻqimaydigan bir namozni oʻqiyotganini koʻrdim», dedim va unga ushbu ishorani taʼrifladim. U: «Agar Rasululloh ﷺ ning namozlarini koʻrishni istasang, Abdulloh ibn Zubayrning namoziga ergash», dedi.