حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ حَبِيبٍ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ الْحَارِثِ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَجْلاَنَ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ مِقْسَمٍ، عَنْ جَابِرٍ، ذَكَرَ قِصَّةَ مُعَاذٍ قَالَ وَقَالَ - يَعْنِي النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم لِلْفَتَى - " كَيْفَ تَصْنَعُ يَا ابْنَ أَخِي إِذَا صَلَّيْتَ " . قَالَ أَقْرَأُ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَأَسْأَلُ اللَّهَ الْجَنَّةَ وَأَعُوذُ بِهِ مِنَ النَّارِ وَإِنِّي لاَ أَدْرِي مَا دَنْدَنَتُكَ وَلاَ دَنْدَنَةُ مُعَاذٍ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنِّي وَمُعَاذٌ حَوْلَ هَاتَيْنِ " . أَوْ نَحْوَ هَذَا .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Muozning qissasini zikr qilib dedi: Nabiy ﷺ yigitga: «Ey jiyanim, namoz oʻqiganingda nima qilasan?» dedilar. U: «Fotihatul-kitobni oʻqiyman, Allohdan jannatni soʻrayman va Undan doʻzaxdan panoh tilayman. Men Sizning ham, Muozning ham (pichirlab aytadigan) duosini bilmayman», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Men ham, Muoz ham mana shu ikkisi (jannat va doʻzax) atrofida (duo qilamiz)», dedilar — yoki shunga oʻxshash bir gap aytdilar.