حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ سَهْلٍ الرَّمْلِيُّ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، عَنِ ابْنِ جَابِرٍ، وَسَعِيدِ بْنِ عَبْدِ الْعَزِيزِ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْعَلاَءِ، عَنْ مَكْحُولٍ، عَنْ عُبَادَةَ، نَحْوَ حَدِيثِ الرَّبِيعِ بْنِ سُلَيْمَانَ قَالُوا فَكَانَ مَكْحُولٌ يَقْرَأُ فِي الْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ وَالصُّبْحِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ فِي كُلِّ رَكْعَةٍ سِرًّا . قَالَ مَكْحُولٌ اقْرَأْ بِهَا فِيمَا جَهَرَ بِهِ الإِمَامُ إِذَا قَرَأَ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَسَكَتَ سِرًّا فَإِنْ لَمْ يَسْكُتِ اقْرَأْ بِهَا قَبْلَهُ وَمَعَهُ وَبَعْدَهُ لاَ تَتْرُكْهَا عَلَى حَالٍ .
Ali ibn Sahl ar-Ramliy bizga aytib berdi, (u) Validdan, (u) ibn Jobir, Said ibn Abdulaziz va Abdulloh ibn al-Aloʼdan, (ular) Makhuldan, (u) Ubodadan ar-Rabiy ibn Sulaymon hadisiga oʻxshash rivoyat qildi. Ular: Makhul magʻrib, xufton va bomdod (namozlari)da har bir rakatda Fotiha surasini ichidan oʻqir edi, dedilar. Makhul: «Imom Fotihatul kitobni oʻqib, soʻng ichidan jim turganida, sen uni oʻsha imom ovoz chiqarib oʻqiydigan (namozda) oʻqi. Agar (imom) jim turmasa, uni (imomdan) avval, u bilan birga va undan keyin oʻqi. Hech qanday holatda uni tashlab qoʻyma», dedi.