حَدَّثَنَا ابْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ زُرَارَةَ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، أَنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى بِهِمُ الظُّهْرَ فَلَمَّا انْفَتَلَ قَالَ " أَيُّكُمْ قَرَأَ بِـ { سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الأَعْلَى } " . فَقَالَ رَجُلٌ أَنَا . فَقَالَ " عَلِمْتُ أَنَّ بَعْضَكُمْ خَالَجَنِيهَا " .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Allohning paygʻambari ﷺ ularga peshin namozini oʻqib berdilar. (Namozdan) qaytganlarida: «Qaysingiz {Eng oliy Robbingning ismini poklab yod et} (Aʼlo 1) (surasini) oʻqidingiz?» dedilar. Bir kishi: «Men», dedi. Shunda u zot: «Sizlardan baʼzingiz uni mendan tortib oldingiz (oʻqishimga aralashdingiz) deb bildim», dedilar.