حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ سُحَيْمٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَعْبَدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَشَفَ السِّتَارَةَ وَالنَّاسُ صُفُوفٌ خَلْفَ أَبِي بَكْرٍ فَقَالَ " يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّهُ لَمْ يَبْقَ مِنْ مُبَشِّرَاتِ النُّبُوَّةِ إِلاَّ الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ يَرَاهَا الْمُسْلِمُ أَوْ تُرَى لَهُ وَإِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَقْرَأَ رَاكِعًا أَوْ سَاجِدًا فَأَمَّا الرُّكُوعُ فَعَظِّمُوا الرَّبَّ فِيهِ وَأَمَّا السُّجُودُ فَاجْتَهِدُوا فِي الدُّعَاءِ فَقَمِنٌ أَنْ يُسْتَجَابَ لَكُمْ " .
Musaddad bizga Sufyondan, u Sulaymon ibn Suhaymdan, u Ibrohim ibn Abdulloh ibn Maʼbaddan, u otasidan, u Ibn Abbosdan rivoyat qildiki, Nabiy ﷺ (kasalliklari paytida) pardani koʻtardilar — odamlar Abu Bakr ortida saf-saf turgan edilar — va: «Ey odamlar, paygʻambarlikning xushxabarlaridan solih tushdan boshqa narsa qolmadi, uni musulmon (oʻzi) koʻradi yoki u uchun (boshqa birov) koʻradi. Men ruku yoki sajdada (Qurʼon) oʻqishdan qaytarildim. Rukuʼga kelsak, unda Robbni ulugʻlanglar; sajdaga kelsak, unda duoga astoydil berilinglar, zero (sizning duongiz) ijobat boʻlishga sazovordir» dedilar.