حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ مُعَيْقِيبٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تَمْسَحْ وَأَنْتَ تُصَلِّي فَإِنْ كُنْتَ لاَ بُدَّ فَاعِلاً فَوَاحِدَةً تَسْوِيَةَ الْحَصَى " .
Muslim ibn Ibrohim bizga rivoyat qildi, Hishom bizga Yahyodan, u Abu Salamadan, u Muayqib (roziyallohu anhu)dan xabar berdi: Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Namoz oʻqiyotganingda (toshlarni) surma. Agar buni qilmasdan iloj yoʻq boʻlsa, toshlarni tekislash uchun bir marta (sur)».