حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يَزِيدَ، وَأَبِي النَّضْرِ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ يُصَلِّي جَالِسًا فَيَقْرَأُ وَهُوَ جَالِسٌ وَإِذَا بَقِيَ مِنْ قِرَاءَتِهِ قَدْرُ مَا يَكُونُ ثَلاَثِينَ أَوْ أَرْبَعِينَ آيَةً قَامَ فَقَرَأَهَا وَهُوَ قَائِمٌ ثُمَّ رَكَعَ ثُمَّ سَجَدَ ثُمَّ يَفْعَلُ فِي الرَّكْعَةِ الثَّانِيَةِ مِثْلَ ذَلِكَ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ رَوَاهُ عَلْقَمَةُ بْنُ وَقَّاصٍ عَنْ عَائِشَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم نَحْوَهُ .
Paygʻambar ﷺning rafiqalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ oʻtirgan holatda namoz oʻqiydigan, oʻtirgan holatlarida qiroat qiladigan, qachonki qiroatlaridan oʻttiz yoki qirq oyat chamasi qolganida, tik turib oʻsha oyatlarni tik turgan holatda oʻqiydigan, soʻng rukuʼ qiladigan, soʻng sajda qiladigan, soʻng ikkinchi rakʼatda ham shunga oʻxshash amalni qiladigan edilar. Abu Dovud aytdi: Buni Alqama ibn Vaqqos Oishadan, u Paygʻambar ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qildi.