حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ بَقِيَّةَ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ أَخِيهِ، عَنْ بِشْرِ بْنِ قُرَّةَ الْكَلْبِيِّ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ انْطَلَقْتُ مَعَ رَجُلَيْنِ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَتَشَهَّدَ أَحَدُهُمَا ثُمَّ قَالَ جِئْنَا لِتَسْتَعِينَ بِنَا عَلَى عَمَلِكَ . وَقَالَ الآخَرُ مِثْلَ قَوْلِ صَاحِبِهِ . فَقَالَ " إِنَّ أَخْوَنَكُمْ عِنْدَنَا مَنْ طَلَبَهُ " . فَاعْتَذَرَ أَبُو مُوسَى إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَقَالَ لَمْ أَعْلَمْ لِمَا جَاءَا لَهُ . فَلَمْ يَسْتَعِنْ بِهِمَا عَلَى شَىْءٍ حَتَّى مَاتَ .
Abu Muso (roziyallohu anhu) aytadilar: Men ikki kishi bilan birga Nabiy ﷺning oldilariga bordim. Ulardan biri tashahhud aytib, soʻng: «Ishingda bizdan foydalanishing uchun keldik», dedi. Boshqasi ham oʻz sherigining gapiga oʻxshash gapni aytdi. Shunda u zot ﷺ: «Bizning huzurimizda eng xiyonatkoringiz uni (lavozimni) talab qilgan kishidir», dedilar. Shunda Abu Muso Nabiy ﷺga uzr aytib: «Men bularning nima uchun kelganini bilmagan edim», dedi. Soʻng u zot ﷺ ular vafot etgunlaricha hech narsada ulardan foydalanmadilar.