حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مُطَرِّفٍ، عَنْ أَبِي الْجَهْمِ، عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الأَنْصَارِيِّ، قَالَ بَعَثَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم سَاعِيًا ثُمَّ قَالَ " انْطَلِقْ أَبَا مَسْعُودٍ وَلاَ أُلْفِيَنَّكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ تَجِيءُ عَلَى ظَهْرِكَ بَعِيرٌ مِنْ إِبِلِ الصَّدَقَةِ لَهُ رُغَاءٌ قَدْ غَلَلْتَهُ " . قَالَ إِذًا لاَ أَنْطَلِقُ . قَالَ " إِذًا لاَ أُكْرِهُكَ " .
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: Paygʻambar ﷺ meni (sadaqa yigʻuvchi) amaldor qilib yubordilar, soʻng: «Bor, ey Abu Masʼud! Qiyomat kuni seni yelkangda sadaqa tuyalaridan boʻkirib turgan, oʻzing xiyonat qilib olgan bir tuyani koʻtarib kelganingni topmay», dedilar. U: «Unday boʻlsa, men bormayman», dedi. U zot: «Unday boʻlsa, men seni majbur qilmayman», dedilar.