حَدَّثَنَا النُّفَيْلِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَطَاءٍ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَوْسِ بْنِ الْحَدَثَانِ، قَالَ ذَكَرَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ يَوْمًا الْفَىْءَ فَقَالَ مَا أَنَا بِأَحَقَّ، بِهَذَا الْفَىْءِ مِنْكُمْ وَمَا أَحَدٌ مِنَّا بِأَحَقَّ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلاَّ أَنَّا عَلَى مَنَازِلِنَا مِنْ كِتَابِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ وَقَسْمِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَالرَّجُلُ وَقِدَمُهُ وَالرَّجُلُ وَبَلاَؤُهُ وَالرَّجُلُ وَعِيَالُهُ وَالرَّجُلُ وَحَاجَتُهُ .
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni u fayʼ (oʻljadan tushgan mol) haqida gapirib dedi: «Men bu fayʼga sizlardan koʻra haqliroq emasman va bizdan biror kishi unga boshqasidan koʻra haqliroq emas. Faqat biz Alloh azza va jallaning Kitobidagi va Rasululloh ﷺning taqsimotidagi oʻrinlarimizga koʻra (turamiz): kishi va uning (Islomdagi) qadami (oldinligi), kishi va uning (din yoʻlida) chekkan mashaqqati, kishi va uning bola-chaqasi, kishi va uning ehtiyoji.»