حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يَحْيَى بْنِ فَارِسٍ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ حَمْزَةَ، حَدَّثَنَا حَاتِمُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، بِإِسْنَادِهِ نَحْوَهُ قُلْتُ أَلاَ تَتَّقِينَ اللَّهَ أَلَمْ تَسْمَعْنَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ نُورَثُ مَا تَرَكْنَا فَهُوَ صَدَقَةٌ وَإِنَّمَا هَذَا الْمَالُ لآلِ مُحَمَّدٍ لِنَائِبَتِهِمْ وَلِضَيْفِهِمْ فَإِذَا مِتُّ فَهُوَ إِلَى مَنْ وَلِيَ الأَمْرَ مِنْ بَعْدِي " .
Ibn Shihob (rahimahulloh)dan oʻz isnodi bilan shunga oʻxshash (rivoyat qilinadi), bu rivoyatda (shunday keladi): (Oisha) dedi: «Allohdan qoʻrqmaysizlarmi? Rasululloh ﷺning: ‹Biz (Anbiyolarga) meros qolinmaydi, biz nima qoldirsak, u sadaqadir. Bu mol faqat Muhammad oilasi uchun, ularning ehtiyojlari va mehmonlari uchundir. Men vafot etsam, u mendan keyin ish boshiga oʻtgan kishiga tegishli boʻladi› deganlarini eshitmadingizlarmi?»