حَدَّثَنَا عَبَّاسُ بْنُ عَبْدِ الْعَظِيمِ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ أَبِي بُكَيْرٍ، حَدَّثَنَا أَبُو جَعْفَرٍ الرَّازِيُّ، عَنْ مُطَرِّفٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى، قَالَ سَمِعْتُ عَلِيًّا، يَقُولُ وَلاَّنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خُمُسَ الْخُمُسِ فَوَضَعْتُهُ مَوَاضِعَهُ حَيَاةَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَحَيَاةَ أَبِي بَكْرٍ وَحَيَاةَ عُمَرَ فَأُتِيَ بِمَالٍ فَدَعَانِي فَقَالَ خُذْهُ . فَقُلْتُ لاَ أُرِيدُهُ . قَالَ خُذْهُ فَأَنْتُمْ أَحَقُّ بِهِ . قُلْتُ قَدِ اسْتَغْنَيْنَا عَنْهُ فَجَعَلَهُ فِي بَيْتِ الْمَالِ .
Abdurrahmon ibn Abu Laylo (rahimahulloh) aytadiki, men Ali (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: «Rasululloh ﷺ xumsning xumsini (boshqarishni) menga topshirdilar. Bas, men uni Rasululloh ﷺning hayotlarida, Abu Bakr hayotida va Umar hayotida oʻz oʻrinlariga sarfladim. (Bir kuni Umarning oldiga) bir mol keltirildi, shunda u meni chaqirib: ‹Buni ol›, dedi. Men: ‹Buni xohlamayman›, dedim. U: ‹Uni ol, sizlar unga haqliroqsizlar›, dedi. Men: ‹Biz undan bezor (yaʼni unga muhtoj emas) boʻldik›, dedim. Shunda u uni baytulmolga qoʻydi.»