حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ مَنْصُورٍ، حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَمْرِو بْنِ أَبِي عَمْرٍو، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ قَدِمْنَا خَيْبَرَ فَلَمَّا فَتَحَ اللَّهُ تَعَالَى الْحِصْنَ ذُكِرَ لَهُ جَمَالُ صَفِيَّةَ بِنْتِ حُيَىٍّ وَقَدْ قُتِلَ زَوْجُهَا وَكَانَتْ عَرُوسًا فَاصْطَفَاهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِنَفْسِهِ فَخَرَجَ بِهَا حَتَّى بَلَغْنَا سُدَّ الصَّهْبَاءِ حَلَّتْ فَبَنَى بِهَا .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytadi: Biz Xaybarga keldik. Alloh taolo qalʼani fath qilib berganida, u zotga Safiyya binti Huyayyning goʻzalligi zikr qilindi, uning eri (jangda) oʻldirilgan edi va u kelinchak edi. Shunda Rasululloh ﷺ uni oʻzlari uchun tanlab oldilar va u bilan (yoʻlga) chiqdilar, toki biz Saddus-Sahboga yetganimizda, u (hayzdan) poklandi va u zot u bilan turmush qurdilar.