حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ أَحْمَدَ الْقُرَشِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الزُّبَيْرِ، حَدَّثَنَا فَرَجُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنِي عَمِّي، ثَابِتُ بْنُ سَعِيدٍ عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، أَبْيَضَ بْنِ حَمَّالٍ أَنَّهُ سَأَلَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ حِمَى الأَرَاكِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ حِمَى فِي الأَرَاكِ " . فَقَالَ أَرَاكَةً فِي حِظَارِي . فَقَالَ النَّبِيُّ عَلَيْهِ السَّلاَمُ " لاَ حِمَى فِي الأَرَاكِ " . قَالَ فَرَجٌ يَعْنِي بِحِظَارِي الأَرْضَ الَّتِي فِيهَا الزَّرْعُ الْمُحَاطُ عَلَيْهَا .
Abyaz ibn Hammol (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺdan arak (daraxtlari oʻsadigan yer)ni qoʻriqlash haqida soʻradi. Rasululloh ﷺ: «Arakni qoʻriqlash (joiz) emas», dedilar. U: «(Bu) arak daraxti mening (oʻralgan) ekinzorim ichida», dedi. Paygʻambar alayhissalom: «Arakni qoʻriqlash (joiz) emas», dedilar. Faraj aytdi: «Mening (oʻralgan) ekinzorim ichida» degani bilan u atrofi oʻrab olingan, ichida ekin (oʻsib turgan) yerni nazarda tutdi.