حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ أَتَى نَبِيُّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى امْرَأَةٍ تَبْكِي عَلَى صَبِيٍّ لَهَا فَقَالَ لَهَا " اتَّقِي اللَّهَ وَاصْبِرِي " . فَقَالَتْ وَمَا تُبَالِي أَنْتَ بِمُصِيبَتِي فَقِيلَ لَهَا هَذَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم . فَأَتَتْهُ فَلَمْ تَجِدْ عَلَى بَابِهِ بَوَّابِينَ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَمْ أَعْرِفْكَ فَقَالَ " إِنَّمَا الصَّبْرُ عِنْدَ الصَّدْمَةِ الأُولَى " . أَوْ " عِنْدَ أَوَّلِ صَدْمَةٍ " .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ oʻz bolasiga yigʻlayotgan bir ayolning oldiga keldilar va unga: «Allohdan qoʻrqgin va sabr qilgin», dedilar. U: «Sen mening musibatimga nima ish, parvo qilmaysan-ku!» dedi. Soʻng unga: «Bu Paygʻambar ﷺ-ku», deyildi. Shunda u zotning oldiga keldi, lekin u zotning eshigida darbonlarni topmadi. U: «Ey Rasululloh, men sizni tanimadim», dedi. U zot: «Haqiqiy sabr birinchi zarba kelgan paytda boʻladi», dedilar — yoki: «dastlabki zarba paytida», dedilar.