حَدَّثَنَا شَيْبَانُ بْنُ فَرُّوخَ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ الْمُغِيرَةِ، عَنْ ثَابِتٍ الْبُنَانِيِّ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " وُلِدَ لِيَ اللَّيْلَةَ غُلاَمٌ فَسَمَّيْتُهُ بِاسْمِ أَبِي إِبْرَاهِيمَ " . فَذَكَرَ الْحَدِيثَ قَالَ أَنَسٌ لَقَدْ رَأَيْتُهُ يَكِيدُ بِنَفْسِهِ بَيْنَ يَدَىْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَدَمَعَتْ عَيْنَا رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " تَدْمَعُ الْعَيْنُ وَيَحْزَنُ الْقَلْبُ وَلاَ نَقُولُ إِلاَّ مَا يَرْضَى رَبُّنَا إِنَّا بِكَ يَا إِبْرَاهِيمُ لَمَحْزُونُونَ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bu kecha menga bir oʻgʻil tugʻildi, men unga otam Ibrohimning ismini qoʻydim», dedilar. Soʻng (roviy) hadisni zikr qildi. Anas aytdi: Men u (bolani) Rasululloh ﷺning oldilarida jon berayotganini koʻrdim. Bas, Rasululloh ﷺning koʻzlaridan yosh oqdi va u zot: «Koʻz yosh toʻkadi, qalb gʻamga botadi, biroq biz Robbimiz rozi boʻladigan soʻzdan boshqasini aytmaymiz. Ey Ibrohim, biz sen uchun haqiqatan gʻamgindirmiz», dedilar.