حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يُحَدِّثُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ خَطَبَ يَوْمًا فَذَكَرَ رَجُلاً مِنْ أَصْحَابِهِ قُبِضَ فَكُفِّنَ فِي كَفَنٍ غَيْرِ طَائِلٍ وَقُبِرَ لَيْلاً فَزَجَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُقْبَرَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ حَتَّى يُصَلَّى عَلَيْهِ إِلاَّ أَنْ يُضْطَرَّ إِنْسَانٌ إِلَى ذَلِكَ وَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِذَا كَفَّنَ أَحَدُكُمْ أَخَاهُ فَلْيُحْسِنْ كَفَنَهُ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan Nabiy ﷺ haqlarida rivoyat qilinadiki, u zot bir kuni xutba qilib, ashoblaridan biri vafot etgani, sifati past kafanga kafanlangani va kechasi koʻmilganini zikr qildilar. Bas, Nabiy ﷺ kishi (mayyit) janoza namozi oʻqilmaguncha kechasi koʻmilishidan qaytardilar, magar bir inson bunga majbur boʻlsa (boshqa gap). Nabiy ﷺ: «Biringiz oʻz birodarini kafanlasa, uning kafanini chiroyli qilsin», dedilar.