حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ سُمَىٍّ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، يَرْوِيهِ قَالَ مَنْ تَبِعَ جَنَازَةً فَصَلَّى عَلَيْهَا فَلَهُ قِيرَاطٌ وَمَنْ تَبِعَهَا حَتَّى يُفْرَغَ مِنْهَا فَلَهُ قِيرَاطَانِ أَصْغَرُهُمَا مِثْلُ أُحُدٍ أَوْ أَحَدُهُمَا مِثْلُ أُحُدٍ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) buni (Paygʻambar ﷺdan) rivoyat qilib aytadilar: «Kim janozaga ergashib, unga (janoza namozini) oʻqisa, unga bir qiyrot (savob) boʻladi. Kim unga (dafn) tugaguniga qadar ergashsa, unga ikki qiyrot (savob) boʻladi. Ularning kichkinasi Uhud (togʻi)day, yoki ulardan biri Uhud (togʻi)day (kattadir)».