حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ مُوسَى الْبَلْخِيُّ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ، عَنْ ثَوْبَانَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أُتِيَ بِدَابَّةٍ وَهُوَ مَعَ الْجَنَازَةِ فَأَبَى أَنْ يَرْكَبَهَا فَلَمَّا انْصَرَفَ أُتِيَ بِدَابَّةٍ فَرَكِبَ فَقِيلَ لَهُ فَقَالَ " إِنَّ الْمَلاَئِكَةَ كَانَتْ تَمْشِي فَلَمْ أَكُنْ لأَرْكَبَ وَهُمْ يَمْشُونَ فَلَمَّا ذَهَبُوا رَكِبْتُ " .
Savbon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ janoza bilan ketayotganlarida, u zotga bir ulov keltirildi, ammo u zot unga minishdan bosh tortdilar. (Janozadan) qaytganlarida esa, ularga bir ulov keltirildi va u zot unga mindilar. Shunda u zotdan (buning sababi) soʻraldi. U zot: «Albatta, farishtalar piyoda yurar edilar, men ular piyoda yurib turganda minishni (ravo) koʻrmadim. Ular ketganlaridan keyin esa mindim», dedilar.