حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ مَرْوَانَ الرَّقِّيُّ، حَدَّثَنَا شُعَيْبٌ، - يَعْنِي ابْنَ إِسْحَاقَ - عَنِ الأَوْزَاعِيِّ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى جَنَازَةٍ فَقَالَ " اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِحَيِّنَا وَمَيِّتِنَا وَصَغِيرِنَا وَكَبِيرِنَا وَذَكَرِنَا وَأُنْثَانَا وَشَاهِدِنَا وَغَائِبِنَا اللَّهُمَّ مَنْ أَحْيَيْتَهُ مِنَّا فَأَحْيِهِ عَلَى الإِيمَانِ وَمَنْ تَوَفَّيْتَهُ مِنَّا فَتَوَفَّهُ عَلَى الإِسْلاَمِ اللَّهُمَّ لاَ تَحْرِمْنَا أَجْرَهُ وَلاَ تُضِلَّنَا بَعْدَهُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir janoza ustida (janoza) namozini oʻqib, shunday dedilar: «Ey Alloh! Tirigimizni ham, oʻligimizni ham, kichigimizni ham, kattamizni ham, erkagimizni ham, ayolimizni ham, hozir boʻlganimizni ham, gʻoyib boʻlganimizni ham magʻfirat qilgin! Ey Alloh! Bizdan kimni tiriltirsang, uni iymon ustida tiriltirgin; bizdan kimning jonini olsang, uni Islom ustida vafot ettirgin! Ey Alloh! Bizni uning ajridan mahrum qilmagin va undan keyin bizni adashtirmagin!»