حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ عَامِرٍ، قَالَ غَسَّلَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلِيٌّ وَالْفَضْلُ وَأُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ وَهُمْ أَدْخَلُوهُ قَبْرَهُ قَالَ وَحَدَّثَنِي مُرَحَّبٌ أَوِ ابْنُ أَبِي مُرَحَّبٍ أَنَّهُمْ أَدْخَلُوا مَعَهُمْ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ عَوْفٍ فَلَمَّا فَرَغَ عَلِيٌّ قَالَ إِنَّمَا يَلِي الرَّجُلَ أَهْلُهُ .
Omir (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ ni Ali, Fazl va Usoma ibn Zayd gʻusl ettirdilar va u zotni qabrlariga ular kiritdilar. (Omir) dedi: Menga Murahhab — yoki Ibn Abu Murahhab — soʻzlab berdiki, ular oʻzlari bilan Abdurrahmon ibn Avfni ham (qabrga) kiritishgan edi. Ali (gʻusldan) boʻshaganida: «Kishi(ning ishi)ni faqat uning ahli ado etadi», dedi.