حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا حَبِيبُ بْنُ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ أَبِي هَيَّاجٍ الأَسَدِيِّ، قَالَ بَعَثَنِي عَلِيٌّ قَالَ لِي أَبْعَثُكَ عَلَى مَا بَعَثَنِي عَلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ لاَ أَدَعَ قَبْرًا مُشْرِفًا إِلاَّ سَوَّيْتُهُ وَلاَ تِمْثَالاً إِلاَّ طَمَسْتُهُ .
Muhammad ibn Kasir bizga Sufyondan, u Habib ibn Abu Sobitdan, u Abu Voildan, u Abu Hayyoj al-Asadiydan rivoyat qildi. U (Abu Hayyoj rahimahulloh) shunday dedi: Ali (roziyallohu anhu) meni (bir ishga) yubordi va menga: «Rasululloh ﷺ meni qaysi (ish) bilan yuborgan boʻlsalar, men ham seni oʻsha (ish) bilan yuboraman: hech bir baland qabrni tekislamasdan, hech bir suvratni oʻchirmasdan qoldirmasligim (uchun)», dedi.