حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ عَامِرٍ، عَنْ عَامِرِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ مَرُّوا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِجَنَازَةٍ فَأَثْنَوْا عَلَيْهَا خَيْرًا فَقَالَ " وَجَبَتْ " . ثُمَّ مَرُّوا بِأُخْرَى فَأَثْنَوْا عَلَيْهَا شَرًّا فَقَالَ " وَجَبَتْ " . ثُمَّ قَالَ " إِنَّ بَعْضَكُمْ عَلَى بَعْضٍ شُهَدَاءُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning yonlaridan bir janoza olib oʻtildi. Odamlar uni yaxshilik bilan tilga olib maqtadilar. Shunda u zot ﷺ: «Vojib boʻldi», dedilar. Soʻng yana boshqa bir janoza olib oʻtildi va odamlar uni yomonlik bilan tilga oldilar. Shunda u zot ﷺ: «Vojib boʻldi», dedilar. Keyin: «Albatta, sizlar bir-biringizga guvohsiz», dedilar.