حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ خَلاَّدٍ أَبُو عُمَرَ، حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، عَنْ أُمَيَّةَ بْنِ خَالِدٍ، قَالَ : لَمَّا وُلِّيَ خَالِدٌ الْقَسْرِيُّ أَضْعَفَ الصَّاعَ فَصَارَ الصَّاعُ سِتَّةَ عَشَرَ رَطْلاً . قَالَ أَبُو دَاوُدَ : مُحَمَّدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ خَلاَّدٍ قَتَلَهُ الزِّنْجُ صَبْرًا، فَقَالَ بِيَدِهِ هَكَذَا وَمَدَّ أَبُو دَاوُدَ يَدَهُ وَجَعَلَ بُطُونَ كَفَّيْهِ إِلَى الأَرْضِ، قَالَ : وَرَأَيْتُهُ فِي النَّوْمِ فَقُلْتُ : مَا فَعَلَ اللَّهُ بِكَ قَالَ : أَدْخَلَنِي الْجَنَّةَ . فَقُلْتُ : فَلَمْ يَضُرَّكَ الْوَقْفُ .
Umayya ibn Xolid (rahimahulloh) aytdi: Xolid al-Qasriy (hokim qilib) tayinlanganida, soʼni ikki barobar (katta) qildi, shunda soʼ oʻn olti ratl boʻlib qoldi. Abu Dovud aytdi: Muhammad ibn Muhammad ibn Xallodni zanjlar (qoʻl-oyogʻini bogʻlab) zoʻrlik bilan oʻldirishdi. U qoʻli bilan mana bunday ishora qildi — Abu Dovud qoʻlini choʻzib, kaftlarining ichini yerga qaratdi — (Abu Dovud) aytdi: Men uni tushimda koʻrib: «Alloh senga nima muomala qildi?» deb soʻradim. U: «(Alloh) meni jannatga kiritdi», dedi. Men: «(Zanjlar tomonidan) ushlanib turishing senga zarar qilmadi-ya», dedim.