حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرٍ الْحَنَفِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ مَيْمُونَةَ بِنْتِ كَرْدَمِ بْنِ سُفْيَانَ، عَنْ أَبِيهَا، نَحْوَهُ مُخْتَصَرٌ مِنْهُ شَىْءٌ قَالَ : " هَلْ بِهَا وَثَنٌ أَوْ عِيدٌ مِنْ أَعْيَادِ الْجَاهِلِيَّةِ " . قَالَ : لاَ . قُلْتُ : إِنَّ أُمِّي هَذِهِ عَلَيْهَا نَذْرٌ وَمَشْىٌ أَفَأَقْضِيهِ عَنْهَا وَرُبَّمَا قَالَ ابْنُ بَشَّارٍ : أَنَقْضِيهِ عَنْهَا قَالَ : " نَعَمْ " .
Maymuna binti Kardam ibn Sufyon otasidan shunga oʻxshash hadisni qisqacha rivoyat qildi. Unda shu narsa bor: U zot: «U yerda but yoki johiliyat bayramlaridan bir bayram bormi?» deb soʻradilar. (Otam): «Yoʻq», dedi. Men: «Mana bu onamning zimmasida nazr va piyoda yurish (qasami) bor, men buni uning oʻrniga ado qilaymi?» dedim. Baʼzan Ibn Bashshor: «Biz buni uning oʻrniga ado qilaylikmi?» deb (rivoyat) qildi. U zot: «Ha», dedilar.