حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو شِهَابٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ عَوْنٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، قَالَ سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ، - وَلاَ أَسْمَعُ أَحَدًا بَعْدَهُ يَقُولُ - سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ الْحَلاَلَ بَيِّنٌ وَإِنَّ الْحَرَامَ بَيِّنٌ وَبَيْنَهُمَا أُمُورٌ مُشْتَبِهَاتٌ " . وَأَحْيَانًا يَقُولُ " مُشْتَبِهَةٌ " . " وَسَأَضْرِبُ لَكُمْ فِي ذَلِكَ مَثَلاً إِنَّ اللَّهَ حَمَى حِمًى وَإِنَّ حِمَى اللَّهِ مَا حَرَّمَ وَإِنَّهُ مَنْ يَرْعَ حَوْلَ الْحِمَى يُوشِكْ أَنْ يُخَالِطَهُ وَإِنَّهُ مَنْ يُخَالِطِ الرِّيبَةَ يُوشِكْ أَنْ يَجْسُرَ " .
Shaʼbiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhumo)dan eshitdim — undan keyin boshqa hech kimning bunday deganini eshitmaganman — u: Men Rasululloh ﷺ: «Albatta, halol ravshandir va albatta, harom ravshandir, ularning orasida esa shubhali ishlar bordir», deyayotganlarini eshitdim, dedi. (Roviy) baʼzan «mushtabiha» (shubhali narsalar), deb aytadi. «Men sizlarga bu haqda bir misol keltiraman: Albatta, Alloh bir qoʻriqxonani himoyaga oldi, Allohning qoʻriqxonasi esa U harom qilgan narsalardir. Kim qoʻriqxona atrofida (mol) boqsa, uning ichiga kirib qolishi yaqindir. Kim shubhali narsaga aralashsa, (haromga) jurʼat qilishi yaqindir», dedilar.