حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي رَافِعٍ، قَالَ اسْتَسْلَفَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَكْرًا فَجَاءَتْهُ إِبِلٌ مِنَ الصَّدَقَةِ فَأَمَرَنِي أَنْ أَقْضِيَ الرَّجُلَ بَكْرَهُ فَقُلْتُ لَمْ أَجِدْ فِي الإِبِلِ إِلاَّ جَمَلاً خِيَارًا رَبَاعِيًّا . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَعْطِهِ إِيَّاهُ فَإِنَّ خِيَارَ النَّاسِ أَحْسَنُهُمْ قَضَاءً " .
Al-Qaʼnabiy bizga Molikdan, u Zayd ibn Aslamdan, u Ato ibn Yasordan, u Abu Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilib aytadi: Rasululloh ﷺ (birovdan) yosh tuya qarz oldilar. Soʻng u zotga sadaqa tuyalari kelganda, menga oʻsha kishiga uning yosh tuyasini qaytarib berishimni buyurdilar. Men: «Tuyalar orasidan faqat yetti yoshga kirgan, ajoyib bir tuyani topdim», dedim. Shunda Nabiy ﷺ: «Uni oʻshanga ber, chunki odamlarning eng yaxshisi qarzini eng goʻzal tarzda toʻlaydiganidir», dedilar.