حَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا هَاشِمُ بْنُ الْقَاسِمِ، حَدَّثَنَا عِكْرِمَةُ، حَدَّثَنِي طَارِقُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْقُرَشِيُّ، قَالَ جَاءَ رَافِعُ بْنُ رِفَاعَةَ إِلَى مَجْلِسِ الأَنْصَارِ فَقَالَ لَقَدْ نَهَانَا نَبِيُّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْيَوْمَ فَذَكَرَ أَشْيَاءَ وَنَهَانَا عَنْ كَسْبِ الأَمَةِ إِلاَّ مَا عَمِلَتْ بِيَدِهَا . وَقَالَ هَكَذَا بِأَصَابِعِهِ نَحْوَ الْخَبْزِ وَالْغَزْلِ وَالنَّفْشِ .
Toriq ibn Abdurrahmon al-Qurashiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Rofiʼ ibn Rifoʼa ansorlarning bir majlisiga kelib: «Bugun Allohning Paygʻambari ﷺ bizni (baʼzi narsalardan) qaytardilar», dedi va baʼzi narsalarni eslatib oʻtdi. (Jumladan): «Bizni choʻrining kasbidan — qoʻli bilan ishlab topganidan boshqasidan — qaytardilar», dedi. Va u barmoqlari bilan non yopish, ip yigirish va paxta titish kabilarga ishora qilib, «mana shunday», dedi.