حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ سَالِمٍ الْمَكِّيِّ، أَنَّ أَعْرَابِيًّا، حَدَّثَهُ أَنَّهُ، قَدِمَ بِحَلُوبَةٍ لَهُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَنَزَلَ عَلَى طَلْحَةَ بْنِ عُبَيْدِ اللَّهِ فَقَالَ إِنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى أَنْ يَبِيعَ حَاضِرٌ لِبَادٍ وَلَكِنِ اذْهَبْ إِلَى السُّوقِ فَانْظُرْ مَنْ يُبَايِعُكَ فَشَاوِرْنِي حَتَّى آمُرَكَ أَوْ أَنْهَاكَ .
Solim al-Makkiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, bir aʼrobiy (sahroyi) unga soʻzlab berib aytdiki: U Rasululloh ﷺ zamonida sutli (sogʻib turiladigan) tuyasi bilan (Madinaga) kelib, Talha ibn Ubaydulloh (roziyallohu anhu)nikiga tushdi (va sutli tuyasini unga sotmoqchi boʻldi). U (Talha) aytdi: «Paygʻambar ﷺ shaharlikning sahroyi uchun savdo qilishini qaytardilar. Lekin sen bozorga bor, kim sendan sotib olishini koʻr, soʻng men bilan maslahatlash — toki men senga (sotishni) buyuray yoki qaytaray.»