حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ بَقِيَّةَ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ عَمْرِو بْنِ يَحْيَى، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَطَاءٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ مَعْمَرِ بْنِ أَبِي مَعْمَرٍ، أَحَدِ بَنِي عَدِيِّ بْنِ كَعْبٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ يَحْتَكِرُ إِلاَّ خَاطِئٌ " . فَقُلْتُ لِسَعِيدٍ فَإِنَّكَ تَحْتَكِرُ قَالَ وَمَعْمَرٌ كَانَ يَحْتَكِرُ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَسَأَلْتُ أَحْمَدَ مَا الْحُكْرَةُ قَالَ مَا فِيهِ عَيْشُ النَّاسِ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ قَالَ الأَوْزَاعِيُّ الْمُحْتَكِرُ مَنْ يَعْتَرِضُ السُّوقَ .
Adiy ibn Kaʼb oʻgʻillaridan biri boʻlmish Maʼmar ibn Abu Maʼmar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Faqat gunohkor (kishi) ehtikor (narx koʻtarilishini kutib mol toʻplab saqlash) qiladi». Men Saidga: «Sen ham ehtikor qilyapsan-ku», dedim. U: «Maʼmar ham ehtikor qilar edi», dedi. Abu Dovud aytdi: Men Ahmaddan: «Hukra (ehtikor) nima?» deb soʻradim. U: «Odamlarning kun kechirishi (qaram boʻlgan narsa)dir», dedi. Abu Dovud aytdi: Avzoiy aytdi: «Ehtikorchi — bozorga (mol kelishiga) toʻsqinlik qiluvchi kishidir».