حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، أَخْبَرَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، وَقَتَادَةُ، وَحُمَيْدٌ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ قَالَ النَّاسُ يَا رَسُولَ اللَّهِ غَلاَ السِّعْرُ فَسَعِّرْ لَنَا . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ الْقَابِضُ الْبَاسِطُ الرَّازِقُ وَإِنِّي لأَرْجُو أَنْ أَلْقَى اللَّهَ وَلَيْسَ أَحَدٌ مِنْكُمْ يُطَالِبُنِي بِمَظْلَمَةٍ فِي دَمٍ وَلاَ مَالٍ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Odamlar: «Yo Rasululloh, narx koʻtarilib ketdi, bizga narx belgilab bering», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, narxni belgilovchi, (rizqni) qisuvchi, (rizqni) keng qiluvchi va rizq beruvchi Allohning Oʻzidir. Men Allohga shunday holatda yoʻliqishni umid qilamanki, sizlardan hech biringiz mendan qon yoki mol borasida (qilingan) zulm uchun haqini talab qilmasin», dedilar.