حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ الطَّيَالِسِيُّ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَبِي الْخَلِيلِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْحَارِثِ، عَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " الْبَيِّعَانِ بِالْخِيَارِ مَا لَمْ يَفْتَرِقَا فَإِنْ صَدَقَا وَبَيَّنَا بُورِكَ لَهُمَا فِي بَيْعِهِمَا وَإِنْ كَتَمَا وَكَذَبَا مُحِقَتِ الْبَرَكَةُ مِنْ بَيْعِهِمَا " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَكَذَلِكَ رَوَاهُ سَعِيدُ بْنُ أَبِي عَرُوبَةَ وَحَمَّادٌ وَأَمَّا هَمَّامٌ فَقَالَ " حَتَّى يَتَفَرَّقَا أَوْ يَخْتَارَ " . ثَلاَثَ مِرَارٍ .
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Oluvchi bilan sotuvchi ajralmas ekanlar, ular (savdoni bekor qilish) ixtiyoriga egadirlar. Agar rost soʻzlab, (ayb-nuqsonni) ochiq bayon qilsalar, savdolarida ularga baraka berilar. Agar (ayb-nuqsonni) yashirib, yolgʻon soʻzlasalar, savdolaridan baraka oʻchirilar.» Abu Dovud aytdi: Buni Said ibn Abu Aruba va Hammod ham shunday rivoyat qildilar. Hammomga kelsak, u uch marta: «Toki ular ajralmaguncha yoki (savdoni bekor qilishni) ixtiyor qilmagunlaricha», dedi.