حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ بُكَيْرٍ، عَنْ عِيَاضِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّهُ قَالَ أُصِيبَ رَجُلٌ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي ثِمَارٍ ابْتَاعَهَا فَكَثُرَ دَيْنُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " تَصَدَّقُوا عَلَيْهِ " . فَتَصَدَّقَ النَّاسُ عَلَيْهِ فَلَمْ يَبْلُغْ ذَلِكَ وَفَاءَ دَيْنِهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " خُذُوا مَا وَجَدْتُمْ وَلَيْسَ لَكُمْ إِلاَّ ذَلِكَ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning zamonlarida bir kishi oʻzi sotib olgan mevalarda zarar koʻrdi va uning qarzi koʻpayib ketdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Unga sadaqa qilinglar», dedilar. Odamlar unga sadaqa qildilar, biroq bu uning qarzini toʻlashga yetmadi. Shunda Rasululloh ﷺ (uning haqdorlariga): «Topgan narsangizni olinglar, sizlar uchun shundan boshqasi yoʻq», dedilar.