حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " ثَلاَثَةٌ لاَ يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ رَجُلٌ مَنَعَ ابْنَ السَّبِيلِ فَضْلَ مَاءٍ عِنْدَهُ وَرَجُلٌ حَلَفَ عَلَى سِلْعَةٍ بَعْدَ الْعَصْرِ - يَعْنِي كَاذِبًا - وَرَجُلٌ بَايَعَ إِمَامًا فَإِنْ أَعْطَاهُ وَفَى لَهُ وَإِنْ لَمْ يُعْطِهِ لَمْ يَفِ لَهُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Uch (toifa) odam borki, Alloh Qiyomat kunida ular bilan gaplashmaydi: oʻzida boʻlgan ortiqcha suvni yoʻlovchidan manʼ qilgan kishi; asrdan keyin bir mol ustida qasam ichgan — yaʼni yolgʻon qasam ichgan — kishi; va bir imomga (rahbarga) bayʼat berib, agar u oʻziga (biror narsa) bersa, unga (bergan vaʼdasiga) vafo qiladigan, bermasa vafo qilmaydigan kishi», dedilar.