حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْحَارِثِ بْنِ هِشَامٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَيُّمَا رَجُلٍ بَاعَ مَتَاعًا فَأَفْلَسَ الَّذِي ابْتَاعَهُ وَلَمْ يَقْبِضِ الَّذِي بَاعَهُ مِنْ ثَمَنِهِ شَيْئًا فَوَجَدَ مَتَاعَهُ بِعَيْنِهِ فَهُوَ أَحَقُّ بِهِ وَإِنْ مَاتَ الْمُشْتَرِي فَصَاحِبُ الْمَتَاعِ أُسْوَةُ الْغُرَمَاءِ " .
Abdulloh ibn Maslama bizga Molikdan, u Ibn Shihobdan, u Abu Bakr ibn Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishom (rahimahulloh)dan rivoyat qildi. (Unga koʻra) Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir kishi mol sotsa-yu, uni sotib olgan kishi sinib (qarzdor boʻlib) qolsa, sotuvchi esa uning narxidan hech narsa olmagan boʻlsa, soʻng oʻz molini aynan oʻzini topsa, u (sotuvchi) unga haqliroqdir. Agar xaridor vafot etsa, mol egasi (boshqa) qarz beruvchilar bilan teng (boʻladi)», dedilar.