حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، هُوَ الطَّيَالِسِيُّ حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، عَنْ أَبِي الْمُعْتَمِرِ، عَنْ عُمَرَ بْنِ خَلْدَةَ، قَالَ أَتَيْنَا أَبَا هُرَيْرَةَ فِي صَاحِبٍ لَنَا أَفْلَسَ فَقَالَ لأَقْضِيَنَّ فِيكُمْ بِقَضَاءِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنْ أَفْلَسَ أَوْ مَاتَ فَوَجَدَ رَجُلٌ مَتَاعَهُ بِعَيْنِهِ فَهُوَ أَحَقُّ بِهِ " .
Muhammad ibn Bashshor bizga aytib berdi: Abu Dovud — u at-Tayolisiydir — bizga aytib berdi: Ibn Abu Ziʼb bizga Abul Muʼtamirdan, u Umar ibn Xaldadan rivoyat qildi. U dedi: Biz sinib (qarzdor boʻlib) qolgan bir sherigimiz xususida Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning oldiga keldik. U: «Albatta men sizlar haqida Rasululloh ﷺ ning hukmlari bilan hukm qilaman», dedi: «Kim sinib qolsa yoki vafot etsa-yu, (sotuvchi) kishi oʻz molini aynan oʻzini topsa, u unga (boshqalardan) haqliroqdir».