حَدَّثَنَا أَبُو كَامِلٍ، أَنَّ يَزِيدَ بْنَ زُرَيْعٍ، حَدَّثَهُمْ حَدَّثَنَا حُمَيْدٌ، - يَعْنِي الطَّوِيلَ - عَنْ يُوسُفَ بْنِ مَاهَكَ الْمَكِّيِّ، قَالَ كُنْتُ أَكْتُبُ لِفُلاَنٍ نَفَقَةَ أَيْتَامٍ كَانَ وَلِيَّهُمْ فَغَالَطُوهُ بِأَلْفِ دِرْهَمٍ فَأَدَّاهَا إِلَيْهِمْ فَأَدْرَكْتُ لَهُمْ مِنْ مَالِهِمْ مِثْلَيْهَا . قَالَ قُلْتُ أَقْبِضُ الأَلْفَ الَّذِي ذَهَبُوا بِهِ مِنْكَ قَالَ لاَ حَدَّثَنِي أَبِي أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " أَدِّ الأَمَانَةَ إِلَى مَنِ ائْتَمَنَكَ وَلاَ تَخُنْ مَنْ خَانَكَ " .
Yusuf ibn Mohak al-Makkiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men falon kishiga uning vasiyligidagi yetimlarning nafaqasini yozib turardim. Ular (yetimlar) uni ming dirhamga aldab tushirishdi, u esa shuni ularga toʻlab berdi. Soʻng men ular uchun mollaridan shuning ikki barobarini undirib oldim. (Yusuf) aytdi: Men: «Ular sizdan olib ketgan ming dirhamni qaytarib olaymi?» — dedim. U: «Yoʻq. Otam menga oʻzi Rasululloh ﷺdan eshitganini aytdi: ‹Senga omonat topshirgan kishiga omonatni ado et, senga xiyonat qilgan kishiga xiyonat qilma›, — degan edilar», — dedi.