حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ بْنُ نَجْدَةَ الْحَوْطِيُّ، حَدَّثَنَا ابْنُ عَيَّاشٍ، عَنْ شُرَحْبِيلَ بْنِ مُسْلِمٍ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا أُمَامَةَ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ قَدْ أَعْطَى كُلَّ ذِي حَقٍّ حَقَّهُ فَلاَ وَصِيَّةَ لِوَارِثٍ وَلاَ تُنْفِقُ الْمَرْأَةُ شَيْئًا مِنْ بَيْتِهَا إِلاَّ بِإِذْنِ زَوْجِهَا " . فَقِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ وَلاَ الطَّعَامَ قَالَ " ذَاكَ أَفْضَلُ أَمْوَالِنَا " . ثُمَّ قَالَ " الْعَارِيَةُ مُؤَدَّاةٌ وَالْمِنْحَةُ مَرْدُودَةٌ وَالدَّيْنُ مَقْضِيٌّ وَالزَّعِيمُ غَارِمٌ " .
Abu Umoma (roziyallohu anhu) shunday dedi: Rasululloh ﷺning: «Albatta, Alloh azza va jalla har bir haq egasiga oʻz haqqini berib qoʻydi. Bas, vorisga vasiyat yoʻqdir. Ayol kishi erining ruxsatisiz uyidan biror narsani sarflamasin», deganlarini eshitdim. Shunda: «Ey Rasululloh, taom ham(mi)?» deyildi. U zot: «Bu bizning eng afzal mol-mulkimizdir», dedilar. Soʻng: «Ariyat (olingan narsa) qaytariladigan narsadir, minha (sut uchun berilgan jonivor) qaytarib beriladigan narsadir, qarz toʻlanadigan narsadir, kafil esa zomin boʻluvchidir», dedilar.