حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ قُدَامَةَ، وَمُؤَمَّلُ بْنُ هِشَامٍ، - قَالَ ابْنُ قُدَامَةَ - حَدَّثَنِي إِسْمَاعِيلُ، عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، - قَالَ ابْنُ قُدَامَةَ - إِنَّ أَخَاهُ أَوْ عَمَّهُ وَقَالَ مُؤَمَّلٌ - إِنَّهُ قَامَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يَخْطُبُ فَقَالَ جِيرَانِي بِمَا أَخَذُوا . فَأَعْرَضَ عَنْهُ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ ذَكَرَ شَيْئًا فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " خَلُّوا لَهُ عَنْ جِيرَانِهِ " . لَمْ يَذْكُرْ مُؤَمَّلٌ وَهُوَ يَخْطُبُ .
Bahz ibn Hakim otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi — Ibn Qudoma (rivoyatida): «uning (bobosining) birodari yoki amakisi» dedi, Muammal esa: «u (kishi)» dedi — u (kishi) Paygʻambar ﷺ xutba qilib turgan paytlarida oʻrnidan turib: «Qoʻshnilarimni nima sababdan (ushlab) olib ketishdi?» dedi. U zot ﷺ undan ikki marta yuz oʻgirdilar. Soʻngra u (kishi) bir narsani eslatdi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Uning qoʻshnilarini qoʻyib yuboringlar», dedilar. Muammal «xutba qilib turgan paytlarida» (degan soʻzlarni) zikr qilmadi.