حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، ح وَحَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ، - الْمَعْنَى - عَنْ بَيَانِ بْنِ بِشْرٍ، - قَالَ مُسَدَّدٌ أَبُو بِشْرٍ - عَنْ وَبَرَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ عَامِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ قُلْتُ لِلزُّبَيْرِ مَا يَمْنَعُكَ أَنْ تُحَدِّثَ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَمَا يُحَدِّثُ عَنْهُ أَصْحَابُهُ فَقَالَ أَمَا وَاللَّهِ لَقَدْ كَانَ لِي مِنْهُ وَجْهٌ وَمَنْزِلَةٌ وَلَكِنِّي سَمِعْتُهُ يَقُولُ " مَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ " .
Abdulloh ibn az-Zubayr (roziyallohu anhumo) otasidan rivoyat qilib aytadi: Men Zubayrga: «Sahobalar Rasululloh ﷺdan rivoyat qilganlaridek, sizni u zotdan rivoyat qilishdan nima toʻsmoqda?» dedim. U: «Ogoh boʻl, Alloh nomi bilan qasamki, mening u zotning oldilarida oʻrnim va martabam bor edi. Lekin men u zotning shunday deyayotganlarini eshitganman: ‹Kim mening nomimdan ataylab yolgʻon soʻzlasa, doʻzaxdan oʻzining joyini hozirlab qoʻyaversin›», dedi.