حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ غِيَاثٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عُبَيْدَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اقْرَأْ عَلَىَّ سُورَةَ النِّسَاءِ " . قَالَ قُلْتُ أَقْرَأُ عَلَيْكَ وَعَلَيْكَ أُنْزِلَ قَالَ " إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَهُ مِنْ غَيْرِي " . قَالَ فَقَرَأْتُ عَلَيْهِ حَتَّى إِذَا انْتَهَيْتُ إِلَى قَوْلِهِ { فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ بِشَهِيدٍ } الآيَةَ فَرَفَعْتُ رَأْسِي فَإِذَا عَيْنَاهُ تَهْمِلاَنِ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga: «Menga Niso surasini oʻqib ber», dedilar. Men: «Sizga oʻqib beraymi? Axir u Sizga nozil qilingan-ku», dedim. U zot: «Men uni oʻzimdan boshqadan eshitishni yaxshi koʻraman», dedilar. Shunda men u zotga oʻqiy boshladim, toki {Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni (ey Muhammad, ana shu ummating ustiga) guvoh qilib keltirgan vaqtimizda qanday boʻladi?!} degan oyatga yetganimda, boshimni koʻtardim-u, qarasam, u zotning koʻzlaridan yosh oqib turibdi. (Niso 41)