حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرِ بْنِ زِيَادٍ، حَدَّثَنَا شَرِيكٌ، عَنْ زِيَادِ بْنِ فَيَّاضٍ، عَنْ أَبِي عِيَاضٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ ذَكَرَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الأَوْعِيَةَ الدُّبَّاءَ وَالْحَنْتَمَ وَالْمُزَفَّتَ وَالنَّقِيرَ فَقَالَ أَعْرَابِيٌّ إِنَّهُ لاَ ظُرُوفَ لَنَا . فَقَالَ " اشْرَبُوا مَا حَلَّ " .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar: Rasululloh ﷺ idishlarni — dubbo (qovoq idishi), hantam (yashil sopol kosa), muzaffat (qatron surilgan idish) va naqir (oʻyilgan yogʻoch tanasi)ni — zikr qildilar. Shunda bir aʼrobiy: «Bizda bulardan boshqa idish yoʻq», dedi. U zot ﷺ: «Halol boʻlgan narsani ichinglar», dedilar.