حَدَّثَنَا أَبُو سَلَمَةَ، مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ حَدَّثَنَا أَبَانُ، حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي قَتَادَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ نَهَى عَنْ خَلِيطِ الزَّبِيبِ، وَالتَّمْرِ، وَعَنْ خَلِيطِ الْبُسْرِ، وَالتَّمْرِ، وَعَنْ خَلِيطِ الزَّهْوِ، وَالرُّطَبِ، وَقَالَ، " انْتَبِذُوا كُلَّ وَاحِدٍ عَلَى حِدَةٍ " . قَالَ وَحَدَّثَنِي أَبُو سَلَمَةَ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ عَنْ أَبِي قَتَادَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِهَذَا الْحَدِيثِ .
Abdulloh ibn Abu Qatoda (rahimahulloh) otalaridan rivoyat qiladilarki, u kishi mayiz bilan quruq xurmoni aralashtirishdan, xom xurmo (busr) bilan quruq xurmoni aralashtirishdan, hamda endigina rang ola boshlagan xurmo (zahv) bilan yangi xurmoni aralashtirishdan qaytardilar va: «Har birini alohida-alohida ivitinglar», dedilar. (Roviy Yahyo) aytadi: Menga Abu Salama ibn Abdurrahmon ham bu hadisni Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan, u kishi Nabiy ﷺdan rivoyat qilib aytib berdilar.