حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنِ الْحَكَمِ، عَنِ ابْنِ أَبِي لَيْلَى، قَالَ كَانَ حُذَيْفَةُ بِالْمَدَائِنِ فَاسْتَسْقَى فَأَتَاهُ دِهْقَانٌ بِإِنَاءٍ مِنْ فِضَّةٍ فَرَمَاهُ بِهِ وَقَالَ إِنِّي لَمْ أَرْمِهِ بِهِ إِلاَّ أَنِّي قَدْ نَهَيْتُهُ فَلَمْ يَنْتَهِ وَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الْحَرِيرِ وَالدِّيبَاجِ وَعَنِ الشُّرْبِ فِي آنِيَةِ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ وَقَالَ " هِيَ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا وَلَكُمْ فِي الآخِرَةِ " .
Ibn Abu Laylo (rahimahulloh) shunday dedi: «Huzayfa (roziyallohu anhu) Madoinda boʻlganlarida suv soʻradilar. Shunda bir dehqon (mahalliy boy) unga kumush idishda (suv) keltirdi. U zot uni (idishni) otib yubordilar va: ‹Men buni shunchaki otganim yoʻq, men uni qaytargan edim, lekin u toʻxtamadi. Rasululloh ﷺ ipak hamda dibo (zarbof)dan, oltin va kumush idishlarda ichishdan qaytarib: «Bular ular (kofirlar) uchun bu dunyoda, sizlar uchun esa Oxiratdadir», degan edilar›, dedilar.»