حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أُتِيَ بِلَبَنٍ قَدْ شِيبَ بِمَاءٍ وَعَنْ يَمِينِهِ أَعْرَابِيٌّ وَعَنْ يَسَارِهِ أَبُو بَكْرٍ فَشَرِبَ ثُمَّ أَعْطَى الأَعْرَابِيَّ وَقَالَ " الأَيْمَنَ فَالأَيْمَنَ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺga suv aralashtirilgan sut keltirildi. Ularning oʻng tomonlarida bir aʼrobiy, chap tomonlarida esa Abu Bakr (roziyallohu anhu) bor edi. U zot ichdilar, soʻng (sutni) aʼrobiyga berib: «Oʻng tomondagi, soʻng oʻng tomondagi», dedilar.