حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ خُمَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُسْرٍ، - مِنْ بَنِي سُلَيْمٍ - قَالَ جَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى أَبِي فَنَزَلَ عَلَيْهِ فَقَدَّمَ إِلَيْهِ طَعَامًا فَذَكَرَ حَيْسًا أَتَاهُ بِهِ ثُمَّ أَتَاهُ بِشَرَابٍ فَشَرِبَ فَنَاوَلَ مَنْ عَلَى يَمِينِهِ وَأَكَلَ تَمْرًا فَجَعَلَ يُلْقِي النَّوَى عَلَى ظَهْرِ أُصْبَعَيْهِ السَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى فَلَمَّا قَامَ قَامَ أَبِي فَأَخَذَ بِلِجَامِ دَابَّتِهِ فَقَالَ ادْعُ اللَّهَ لِي . فَقَالَ " اللَّهُمَّ بَارِكْ لَهُمْ فِيمَا رَزَقْتَهُمْ وَاغْفِرْ لَهُمْ وَارْحَمْهُمْ " .
Banu Sulaymdan boʻlgan Abdulloh ibn Busr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ otamning oldiga keldilar va uning mehmoni boʻldilar. (Otam) u zotga taom taqdim qildi va xays keltirdi. Soʻng u zotga ichimlik keltirdi, u zot ichdilar va oʻng tomonlaridagi kishiga uzatdilar. U zot xurmo yedilar va danaklarini koʻrsatkich hamda oʻrta barmoqlarining usti orasiga qoʻya boshladilar. U zot turganlarida, otam ham turib, u zotning ulovining jilovidan ushladi va: «Men uchun Allohga duo qiling», dedi. Shunda u zot: «Ey Alloh, ularga rizq qilib bergan narsangda barakat ber, ularni magʻfirat qil va ularga rahm qil», dedilar.